Yopiq beta

Bir qahva — bir uchrashuv

Tajribali mutaxassis bilan qisqa suhbatni uning jadvalidan band qiling. Qahva — vaqt uchun to'lov emas, niyatingiz jiddiy ekanining belgisi. Javob bo'lmasa — to'liq qaytadi.

  • Javob bo'lmasa — qahva qaytadi
  • Telefon va Telegram yashirin
  • Telegram orqali parolsiz kirish

Muammo

Nega notanish odamga yozgan xabaringiz javobsiz qoladi

Telegram'da notanish mutaxassisga yozgan xabaringiz o'nlab boshqa xabarlar orasida yo'qoladi. Chunki so'rovning jiddiyligini o'lchashning iloji yo'q. Bepul so'rovlarning ko'pchiligi shovqin — va mutaxassis buni biladi.

Qahva — ana shu o'lchov. To'lov bir narsani aytadi: bu odam vaqtingizni bekorga olmaydi.

4 qadam

Qanday ishlaydi

Tanlashdan uchrashuvgacha — hammasi bitta joyda, Telegram bildirishnomalari bilan.

Mezbon tanlang

Soha, shahar va davomiylik bo'yicha filtrlang. Har bir kartochkada mezbon nima haqida gaplasha olishi va qachon bo'sh ekani yozilgan.

Taklif yuboring

Mezbon jadvalidan vaqt tanlang, mavzuni ikki jumlada yozing. Qahva balansingizda bloklanadi, lekin hali sarflanmaydi.

Javobni kuting

Mezbon 72 soat ichida javob beradi. Taklif vaqtni band qilmaydi — vaqt faqat qabul qilinganda bandlanadi. Rad etsa yoki javob bermasa, qahva to'liq qaytadi.

Uchrashing

Qabul qilingach uchrashuv chati ochiladi — joyni shu yerda kelishasiz. Yuzma-yuz uchrashuvda mezbon kodingizni skanerlaydi, onlaynda esa xona o'zi ochiladi. Shundan keyin qahva mezbonga o'tadi.

Mezbonlar uchun

Mezbon tomonida

Eng kam qahvani o‘zingiz belgilaysiz, haftalik limit qo‘yasiz va faqat jiddiy so‘rovlarni olasiz. Ishlab topgan qahvangizni o‘zingiz ham suhbatga sarflaysiz.

  • Eng kam qahvani va davomiylikni o'zingiz belgilaysiz
  • Jadval va haftalik limit — sizning qo'lingizda
  • Har bir taklifda mavzu oldindan yoziladi
  • Aloqa ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rinmaydi
Mezbon bo'lish

Ishonch

Nega ishonsa bo'ladi

Qahva o'z joyida turadi

Taklif yuborilganda qahva sizning balansingizda bloklanadi va uchrashuv yakunlanguncha shu yerda qoladi. Mezbon rad etsa yoki javob bermasa — o'zingizga qaytadi.

Kod sizda qoladi

Yuzma-yuz uchrashuvda tasdiqlash kodi faqat sizda bo'ladi va har 60 soniyada yangilanadi. Sizsiz hech narsa tasdiqlanmaydi.

Aloqangiz maxfiy qoladi

Telefon va Telegram hech kimga ko'rsatilmaydi — suhbat saytdagi uchrashuv chatida boradi. Jins bo'yicha filtr ham, rasmlar lentasi ham yo'q: kartochkada avvalo tajriba ko'rinadi.

Qahvadosh Live

Tekin jonli efirlar

Mezbonlar bilan ochiq suhbatlarni tomosha qiling, savol bering — va yoqqan odam bilan uchrashuv band qiling.

Efirlarni ko'rish

Birinchi suhbatdoshingizni tanlang

Katalogda soha bo'yicha mezbonlarni ko'ring — ro'yxatdan o'tmasdan ham.

Katalogni ochish

Katalogni ko'rish uchun ro'yxatdan o'tish shart emas